01:11 / 03.08.2015
23881

Xonanda Lola Shahzodaning kenja o‘g‘lini o‘z ukasi deb bilishini aytdi

Xonanda Lolaning dadasi, taniqli prodyuser, “Tarona rekords” kompaniyasining egasi Ravshan Yo‘ldoshev mana ko‘p yildirki xonanda Shahzodaning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Shu tufayli, tabiiyki, Lola bilan Shahzodaning munosabatlari havas qilsa arzigulidek emas.
Lola oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, Anora va Asal ismli ikki singlisi va Rustam ismli ukasi bor.
Lola instagramda o‘z muxlislari bilan suhbatda Shahzodaning to‘ng‘ich o‘g‘li Solihni “ukasi deb bilmasligi”, balki dadasining Shahzodadan ko‘rgan o‘g‘li Xolidni ukasi deb bilishini ta'kidlagan: “Solih bizning ukamiz emas, Xolid bizning ukamiz”, deb aytgan xonanda.


Shu bilan birga Lola ijtimoiy tarmoqda dadasi va ukasining qo‘l berib tushgan rasmini joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirgan:
“Rasmda dadam va ukam Rustam. Bizning oilada ota-onamiz bizni doim har bir masalada qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ular bizga tanlash huquqini berganlar. Mustaqil qarorlar qabul qilishga va o‘z xatolaridan uyalmaslikka o‘rgatishgan. Ukam uylanishga va dunyoning narigi chekkasidan o‘z sevgilisini olib kelishga qaror qilganda, otam uning qo‘lini siqib, unga o‘z oq fotihasini berdi. Biz sevgi tarafdorimiz”, deb yozmoqda Lola.

Top