19:43 / 04.08.2015
7717

“Malika” savdo majmuasidagi do‘konlar qo‘shni fabrika binosiga ko‘chirilishi mumkin

mobinfo.uz saytida xabar berilishicha, “Malika” savdo majmuasidagi do‘konlar egalari sobiq “Malika” fabrikasining binosiga ko‘chib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘chish fabrika binosidagi xonalar ta'mirdan chiqarilishiga qarab sekin-asta amalga oshiriladi. Hozir binoda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq UZ24 portali tahririyati savdo majmuasi hududida rekonstruksiya ishlari boshlanganini ma'lum qilgandi.

Ushbu holat yuzasidan hokimiyat vakillari hech qanday rasmiy axborot va izohlar berilmagan.

Top