08:06 / 04.08.2015
1872

Fernando Torres: Primeroda “Atletiko” bilan g‘alaba qozonish uchun hayotimni berishga tayyorman”

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Fernando Torres Ispaniya chempionatida o‘z klubi bilan g‘alabaga erishish hayotidagi asosiy maqsadi ekanligini aytdi.

“Men uchun hali qo‘lga kiritishni istaydigan unvonlarim bor. Misol uchun, men Ispaniya chempionati sohibi bo‘lmaganman. Men hech qachon Primeroda chempion bo‘lmaganman va “Atletiko” bilan bunga erishish ajoyib ish bo‘lardi. Men Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘lish uchun hayotimni bergan bo‘lardim.
Men g‘alabalar qozonishni istayman, o‘zimni a'lo darajada his qilmoqdaman va yuqori darajada ishtirok etish uchun kuch-g‘ayratga to‘laman. Menda hali ancha yillar bor va men bu yillardan “Atletiko”da zavq olishni istayman. Odamlar bu zavq bilan men bilan bo‘lishishlarini istayman. Unvonlar yutishni istayman va bu joriy mavsumdami, keyingi mavsumlardami amalga oshishi ahamiyatsiz”, deydi 31 yoshli iqtidorli futbolchi.

Top