18:08 / 04.08.2015
1756

Hindistonda uy qulab tushishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Hindiston g‘arbidagi Txan shahridagi aholi turar joylaridan birida uy qulab tushishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda India Today xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qurbonlarning 4 nafari bir oila a'zolari bo‘lishgan. Yana bir kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Qayd etilishicha, bu fojia 4 avgustga o‘tar kechasi, odamlar uy ichida uxlab yotganida ro‘y bergan. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.

OAVda yozilishicha, bu uy 50 yil oldin qurilgandi va yashash xavfli holatga kelib qolgandi.

Top