11:47 / 04.08.2015
3068

Obama: iqlim o‘zgarishlari kelajakka eng asosiy tahdiddir

AQSh prezidenti Barak Obama iqlim o‘zgarishlarini insoniyat kelajagiga bo‘lgan asosiy tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Oq Uydagi chiqishi chog‘ida Obama ishlab chiqarish qoldiqlarining atmosferani bulg‘ashiga qarshi, shuningdek, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish uchun zaruriy choralarni ko‘rish va faollashtirib borish talab etilishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi o‘n yillikda AQSh bu borada boshqa davlatlardan ko‘ra samaraliroq ishlar olib bordi.

“Iqtisodiyotning o‘sib borganligiga qaramay, biz ishlab chiqarish chiqitlarining atmosferaga chiqarilishini boshqa davlatlarga nisbatan ancha faol kamaytirdik. Ammo fan yanada ko‘proq ish qilish kerakligini ta'kidlamoqda. Agar biz hammasini to‘g‘ri qilmasak, balki, vaziyatni o‘nglay olmay, orqaga qaytara olmay qolamiz”, – ta'kidladi prezident.

Top