18:10 / 04.08.2015
6596

Olmaliq kombinatining mis boyitish fabrikasida yangi tegirmon qurilmoqda

Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining misni boyitishi fabrikasida yangi tegirmon qurilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Ayni paytda kombinatda 17ta yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda. Ulardan biri misni boyitish fabrikasi maydalash bo‘limining rekonsturktsiyasidir. Ushbu faoliyat doirasida “Element qurilish” korxonasi tomonidan barcha zamonaviy talablarga javob beruvchi tegirmon qurilmoqda.

“Ishlarning miqyosi haqida bir narsadan bilsa bo‘ladi: obektda turli mutaxassislikdagi 500 kishi mehnat qilmoqda, o‘nlab texnika vositalari qo‘llanilmoqda, – deydi gazetaning suhbatdoshi, fabrika direktorining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Usmonali Tanjarov. – Yil oxiriga qadar beton va po‘latdan yasalgan 23 m balandlikdagi bino qad ko‘taradi. Tegirmonning diametri 9.5 m. Bugun fabrikamiz yiliga 29-30 mln tonna rudani qayta ishlamoqda. Yangi tegirmonning ishga tushirilishi bilan bu songa yana 7.8 mln tonna ruda qo‘shiladi”.

Top