09:17 / 04.08.2015
5789

O‘shda jinoiy guruh a'zolari qo‘lga olindi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 28 iyul kuni politsiya tomonidan bir guruh talonchilar qo‘lga olindi. IIV bayonotida aytilishicha, ushbu guruh biznesmenlarning uylari va valyuta birjalarida o‘g‘rilik sodir etishni rejalashtirgan.

Mashinada ketayotgan 5 kishini to‘xtatib, tekshiruvan o‘tkazgan politsiya ularning yonidan turli buyumlar qatorida to‘pponcha ham topishgan.

Gumondorlar hozircha qamoqda saqlanmoqda. Ular orasida O‘shning Oloy tumanida yashovchi, muqaddam uch marotaba sudlangan shaxs eng xavflisi hisoblanmoqda.

Top