00:34 / 04.08.2015
3056

Rossiyalik taniqli rejissyor Eldar Ryazanovning yuragi operatsiya qilindi

87 yoshli mashhur rossiyalik kinorejissyor Eldar Ryazanovning yuragida bir necha soat davom etgan shoshilinch operatsiya o‘tkazildi.

Ryazanovning yurak qon tomirlariga stent (qon tomirini kengaytirib turuvchi moslama) qo‘yildi. Ayni damla Ryazanov o‘zini yaxshi his qilmoqda va tez orada jonlantirish bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazilishi aytilmoqda.

O‘tgan dam olish kunlari rejissyor Moskva viloyatidagi Vatutinki posyolkasidagi uyida o‘zini yomon his qila boshlagan. Uning yaqinlari tez tibbiy yordam chaqirishgan.

Kardiologiya markazida rejissyor 2 avgustga o‘tar kechasi interaktiv patologiyani jarrohlik bilan davolash bo‘limiga keltirilgani tasdiqlandi.

Top