14:51 / 04.08.2015
2280

Sony o‘zining rasmiy onlayn-do‘konini yopmoqchi ekanini ma'lum qildi

Sony kompaniyasi televizor, raqamli videokamera, mobil telefon, planshet va o‘yin konsollari kabi iste'mol elektronikasi sotadigan rasmiy internet-do‘konining yopilganini ma'lum qildi.

Sony Online Store’ning bosh sahifasidagi xabarga ko‘ra, do‘kon 2015 yilning 28 avgustidan buyurtmalar qabul qilishni to‘xtatadi. Bonus kartalarga ega bo‘lgan portal foydalanuvchilarga o‘z kartochkalaridan qisqa muddat ichida foydalanish tavsiya etiladi.

Sony Online Store do‘konining yopilishi yaponiyalik texnogigantning onlayn-savdoni butunlay to‘xtatishini anglatmaydi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tgan riteylerlar (chakana savdo) sotadigan yangi onlayn-do‘kon ochishni rejalashtirmoqda. Saytning qachon ishga tushish muddati ma'lum qilinmagan. 

Top