00:36 / 05.08.2015
2629

“Real” “Audi Kap” musobaqasida “Tottenxem”ni yutib, finalga chiqdi

Madridning “Real” klubi Myunxenda bo‘lib o‘tayotgan “Audi Kap” musobaqasining yarimfinalida Londonning “Tottenxem” klubi ustidan g‘alaba qozonib, musobaqaning finaliga chiqdi. “Alyants-Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi birinchi to‘pni 36-daqiqada Xames boshi bilan kiritdi. Tanaffusdan keyin “Real” faolroq harakat qildi va 79-daqiqada Garet Beyl londonliklarning xatosidan foydalanib, uzoq masofadan darvozaga to‘pni kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Real” musobaqaning finaliga yo‘l oldi. Jamoa finalda “Bavariya”-“Milan” juftligining g‘olibi bilan bosh mukofot uchun bellashadi.

Audi Kap. 1/2 final

Real Madrid (Madrid, Ispaniya) – Tottenxem Xotspur (London, Angliya) – 2:0

Gollar: Rodriges, 36 (1:0); Beyl, 79 (2:0).

Ogohlantirish: Ramos, 55

Top