11:51 / 05.08.2015
2528

2015 yilda O‘rta Yer dengizini kechib o‘tish paytida 2 ming muhojir halok bo‘lgan

Inson huquqlarini himoya qliish bo‘yicha guruh joriy yilda O‘rta Yer dengizini kechib o‘tish paytida qariyb 2 ming muhojir halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Xalqaro muhojirlar tashkiloti 1930 nafar odam Liviyadan Italiyaga qayiqlarda o‘tmoqchi bo‘lganda, yana 60 nafar odam Gretsiyaga yetib olish ilinjida ketayotganida halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Xalqaro muhojirlar tashkiloti direktori Uilyam Sving bu holatni nomuvofiq holat deb atadi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi 54 ming muhojirni yaqin ikki yil ichida taqsimlash bo‘yicha rejani tasdiqlagan edi.
Belgiyaning boshpana va muhojirlar masalalari bo‘yicha davlat kotibi Teo Franken muhojirlarda mehmonxona uchun haq to‘lay oladigan darajada yetarlicha pul borligi haqidagi fikri uchun jamoatchilikning keskin tanqidiga uchradi.

Top