11:15 / 05.08.2015
2590

Di Mariya: "PSJ"ga o‘tayotganimdan juda xursandman

"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya o‘zining "PSJ" jamoasiga o‘tishi borasidagi taassurotlarini bildirdi.

"Men "PSJ"ga o‘tayotganimdan juda xursandman. Bu jamoa Fransiyadagi eng kuchli jamoaligini yaxshi bilaman.
O‘tgan mavsumda jamoa YeChLning chorak finalida qatnashdi. Men jamoaga bu natijani yaxshilashida ko‘mak bermoqchiman. Biz birgalikda imkon qadar uzoqroqqa boramiz", deydi Di Mariya Get French Football News nashriga bergan intervyusida.
Biroz oldinroq, futbolchining "PSJ" tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli ravishda o‘tgani xabar qilingandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchi parijliklar jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. "PSJ" uning uchun "MYu"ga 63 mln yevro beradi.

Top