14:46 / 05.08.2015
2878

Maxsus skript 9 oy ichida Twitter’dagi tanlovlarda mingta sovg‘a yutib oldi

Dasturchi Xanter Skott tomonidan yozilgan maxsus dastur Twitter mikroblogidagi tanlovlarda avtomatik tarzda ishtirok etib, 9 oy ichida mingtacha sovg‘a yutib oldi. Bu haqda dasturchi o‘z sayti orqali ma'lum qildi.

Skript ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tib, “yutish uchun retvit qiling” so‘zlari bor tvitlarni qidirgan, va ularni avtomatik tarzda retvit qilgan. Muallifning aytishicha, bunday dasturlar ilgari ham ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin, ammo hozircha ularning faolligi tarmoqda qayd qilinmagan.

O‘z faoliyati davomida skript taxminan 165 ming tanlovda ishtirok etib (kuniga o‘rtacha 4ta tanlov), ularning 0.6 foizida yutuqni qo‘lga kiritgan.

Top