12:55 / 05.08.2015
9884

Nijniy Novgorodda o‘zining 6 farzandini o‘ldirgan qotil qo‘lga olindi

Nijniy Novgorodda o‘zining 6 farzandi, homilador ayoli va o‘z onasini o‘ldirishda gumon qilinayotgan Oleg Belov Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Vladimir viloyatining Kovrov shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Yelena Alekseyeva ma'lum qildi.

Qo‘lga olish paytida sektant-qotil politsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi. Ma'lum qilinishicha, Oleg Belov huquq-tartibot muassasalari xodimlariga sovuq qurol bilan hamla qilgan. Politsiyachilar bunga javoban xizmat qurolini ishlatishgani oqibatida qotil yaralandi. Politsiyachilardan hech kim jabrlanmagan.

3 avgust kuni Nijniy Novgoroddagi kvartiralardan birida politsiya 6 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar bola va ularning onasining chavoqlab tashlangan jasadlarini aniqlashgan. Keyinroq 52 yoshli qotil Oleg Belov onasining Vladimir viloyati Goroxovets shahridagi uyida boshi tanasidan olingan onasining jasadi topilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, qotil va uning rafiqasi “Yettinchi kun advenistlari” sektasi azolari bo‘lishgan. Qotil o‘z ona shahri – Vladimir viloyati Goroxovets shahrida cherkov tashkil qilgan. Keyinchalik u avvalgi rafiqasiga hozirgi rafiqasi bilan xiyonat qilgani uchun advenistlar sektasidan chiqarib yuborilgan.

Top