14:40 / 05.08.2015
4284

«O‘zavtosanoat» AK MAN rusumli avtobuslarni ishlab chiqarishni boshlamoqchi

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi kelgusida tabiiy gazda harakatlanuvchi MAN rusumidagi shahar ichida harakatlanuvchi avtobuslarni ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, avtosanoat yaqin kelajakda MAN rusumli avtobuslarning uchta turini O‘zbekistonda yig‘ishni rejalashtirgan.

Toshkentda shu yilda keltirilgan mazkur rusumdagi avtobuslar sinov tariqasida harakatlanmoqda. Mazkur transport vositasi butunlay Malayziyada yig‘ilgan. To‘qqiz oy mobaynida mutaxassislar uning shahar talablariga mos kelishi bo‘yicha o‘z ko‘rsatmalarini berishlari lozim bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, 2009 yilning iyunida «O‘zavtosanoat» AK va MAN Nutzfahrzeuge AG (Germaniya) «JV MAN Auto – Uzbekistan» qo‘shma korxona ko‘rinishidagi MChJ tuzish bo‘yicha kelishuvga erishishgandi. Mazkur korxona ustav kapitalida «O‘zavtosanoat» ning ulushi 51 foizni, MAN Nutzfahrzeuge AG niki esa – 49 foizni tashkil qiladi.

Top