07:13 / 05.08.2015
2347

Vidich churrasi sababli 4-6 oy to‘p sura olmasligi ma'lum qilindi

“Inter” himoyachisi Nemanya Vidich joriy yilda salomatligidagi muammolar tufayli maydonga qaytmasligi mumkin.

Iyul oyida 33 yoshli futbolchi churrasini davolatgan edi, biroq bu davolash amaliyoti kutilgan natijani bermagan. 5 avgustda Vidich operatsiya qilinadigan bo‘ldi.

Serbiyalik futbolchi 4-6 oydan keyin yana safga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.

Ma'lumot uchun, Vidich o‘tgan yozda “Inter” safiga erkin agent safida o‘tgan edi.

Top