18:40 / 06.08.2015
2792

BMW avtokonserni xo‘jayinlaridan biri Yoxanna Kvandt olamdan o‘tdi

BMW avtokonserni xo‘jayinlaridan biri Yoxanna Kvandt 3 avgust kuni Germaniyada 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar tarqatdi.

Germaniyalik tadbirkor-milliarder Herbert Kvandtning bevasi sanalgan BMW AG avtokonsernining 16,7 foiz aksiyasi egasi sanalardi. Kvandtlar oilasining (ikkita o‘g‘li bilan qo‘shib hisoblaganda) konserndagi umumiy ulushi 47 foizni tashkil qilgan.

Qayd qilinishicha, Kvandt xonimning aksiyalar paketi uning oilasiga qoldirilgan.

Kvandtlar oilasi Germaniyaning eng boy oilalaridan biri sanaladi. Ularning boyligi taxminan 30 mlrd yevro atrofida baholanadi. Oila shuningdek, Altana kimyoviy korxonasi, SGL Carbon va Nordex korxonalari aksiyadori hisoblanadi.

Top