09:12 / 06.08.2015
3661

Ekspertiza: Nemtsovning qotili chapaqay bo‘lgan

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Boris Nemtsovning o‘ldirilishi yuzasidan Tergov qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ballistik va trasologik ekpertizalar natijalariga ko‘ra, unga qarata o‘q uzgan qotil chapaqay bo‘lgan. Bu haqda “Rosbalt” agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, qo‘mita vakili jinoyatdan so‘ng gumondor Dadayev o‘tirgan ZAZ Chance mashinasi o‘rindig‘ida porox izlari topilganligini bayon qildi. Bu izlar qotillikdan so‘ng Dadayev to‘pponchani o‘rindiqqa qo‘ygani natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Dadayev ham chapaqaydir.

Top