17:10 / 06.08.2015
1893

Lukashenko nomzodini prezidentlikka ko‘rsatish uchun 500 mingdan ortiq imzo to‘plandi

Belarus prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenkoni ko‘rsatish bo‘yicha tashabbuskor guruh allaqachon 500 mingdan ortiq imzo to‘plashga erishdi, deb xabar beradi MSQ raisi Lidiya Yermoshina.
“Bugungi kunga kelib hududiy komissiyalarga Aleksandr Grigorevich Lukashenko nomzodini qo‘llab-quvvatlovchi 538 ming imzo kelib tushdi”, – dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Shuningdek, komissiyalarga Belarus liberal-demokratik partiyasi rahbari Sergey Gaydukevich nomzodini qo‘llovchi 1 907 imzo kelib tushgan.
Bu ikki nomzoddan tashqari, tashabbuskor guruhlar Birlashgan fuqarolik partiyasi yetakchisi Anatoliy Lebedko, “Haqiqatni gapir” kampaniyasi faoli Tatyana Romanovskaya, Belarus vataparvarlik partiyasi yetakchisi Nikolay Ulaxovich, Belarus so‘l “Adolatli dunyo” partiyasi raisi Sergey Kalyakin nomzodlari uchun imzo to‘plamoqda.
Prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsata olish uchun siyosatchilar kamida 100 ming saylovchining imzosini to‘plashi talab qilinadi.
Imzo to‘plash 21 avgust kuni yakunlanadi. Prezidentlik saylovlari 11 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top