14:37 / 06.08.2015
2954

Oltoyda ikkita bola tiriklay yonib ketdi

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida mashina ichida yolg‘iz qoldirilgan ikkita bola olov bilan o‘ynab, tiriklay yonib ketdi, deb xabar beradi “NGS.Barnaul” resursi.

Aytilishicha, chorshanba kuni Smolensk tumanidagi uyning hovlisida turgan mashina salonida yong‘in kelib chiqqan. Olov yetkazgan jarohatlar oqibatida ikki yoshli bolakay voqea joyida halok bo‘lgan, uch yoshli boshqa bola esa shifoxonada olamdan o‘tgan.
Taxminlarga ko‘ra, bolalardan biri salon ichida qog‘ozga o‘t qo‘ygan, shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.

Top