12:11 / 06.08.2015
7070

O‘zbekistonda yoz faslida 4 nafar o‘smir suvga cho‘kib ketib halok bo‘ldi

Joriy yilda yozgi mavsum boshlanganidan buyon O‘zbekistondagi cho‘milish havzalarida 4 nafar o‘smir cho‘kib ketgan. Bu haqda "Postda" gazetasida yozilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu boradagi ilk holat 22 iyun kuni ro‘y bergan. O‘sha kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi 12 maktabning 9-sinf o‘quvchisi "Omad soykeldi" fermer xo‘jaligi hududidan o‘tgan Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan. Uning jasadi kanalning "Guliston" qishlog‘idan o‘tgan qismidan topilgan. Tibbiy-ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u suvda nafas ololmaslik natijasida halok bo‘lgan.

Xuddi shunga o‘xshash holat Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida ham ro‘y bergan. Tumandagi maktablardan birining 7-sinf o‘quvchisi Qorasuv daryosida cho‘kib ketgan. Buxoro viloyatidagi Zarafshon daryosida ham G‘ijduvon kollejining 1 kursi talabasi cho‘kib ketib halok bo‘lgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi "Jarqishloq" mahallasida cho‘kish natijasida halok bo‘lgan o‘smirning jasadi topilgan. Ma'lum bo‘lishicha, u Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashagan 23 yoshli yigit bo‘lib, u "Darg‘om" kanalida cho‘milayotgan vaqtida cho‘kib ketgan.

Top