01:18 / 06.08.2015
1937

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida Xabarovskdagi YTHda halok bo‘lganlar soni aniqlashtirildi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Xabarovskda ikkita avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lganlar sonini aniqlashtirildi.

Vazirlik saytida chop etilgan xabarda to‘qnashuvda 63 kishi jarohatlangani, 15 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgani ma'lum qilingan.

“Shifoxonaga yotqazilgan 13 kishi, shu jumladan 3 bolaning ahvoli og‘ir, 12 kishi, shu jumladan 5 bolaning ahvoli o‘rta darajada deb baholanmoqda. Ayni paytda jabrlanganlarga barcha zarur bo‘lgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deb aytilmoqda xabarda.

Xabarovsk o‘lkasi gubernatori ushbu fojia munosabati bilan motam e'lon qildi.

Top