09:03 / 06.08.2015
2367

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida yirik YTH oqibatlarini bartaraf qilish uchun favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida yirik YTH oqibatlarini bartaraf qilish uchun favqulodda vaziyat e'lon qilindi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Chorshanba kuni Komsomolsk-na-Amure – Xabarovsk trassasining 125 km uchastkasida ikkita reys avtobuslari to‘qnashib ketdi. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, YTHda 56 kishi jabrlangan. Halok bo‘lgan 16 kishining biri yosh boladir.

Ushbu halokat oqibatlarini bartaraf qilish uchun o‘lka hokimi tomonidan favqulodda holat joriy qilindi. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda.

Xabarovskda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning qarindoshlarini vaqtinchalik joylashtirish punkti tashkil qilindi. Avtobus yo‘lovchilari ichida turli viloyatlar vakillari borligi tufayli ularni ko‘rgani yoki olib ketgani keladigan qarindoshlar va yaqinlarning aksariyati boshpanaga muhtoj bo‘lishi aytilmoqda.

Top