14:46 / 06.08.2015
2284

Tailandda turistlar uchun ko‘p martalik 6 oylik vizalar joriy qilindi

Tailand hukumati turistlar uchun ko‘p martalik 6 oylik vizalarning joriy qilinishini ma'qulladi. Bu haqda Bangkok Post nashri yozmoqda.
Bunday vizaning narxi 5 ming batni (142 dollar) tashkil qiladi. Bir martalik mamlakat ichiga kirish ruxsatnomasi uchun sayyohlar ming bat to‘lashi kerak bo‘ladi.
Vizalar haqidagi qaror hujjatning rasmiy nashr etilishidan 60 kun o‘tib kuchga kiradi.
Tailand turizm va sport vaziri Vattanavrangkul xonimning so‘zlariga qaraganda, bunday vizani joriy qilishdan maqsad mamlakatga turistlarning bo‘lgan qiziqishini orttirishdir.
2015 yilning dastlabki 7 oyi ichida mamlakatga kelayotgan turistlar oqimi 30.7 foizga oshib, 17.5 mln dollarni tashkil qildi. 2015 yil davomida ularning soni 29 mln dan oshishi kutilmoqda. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 24.8 mln kishiga teng bo‘lgan edi.

Top