Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar Tesla Model S elektromobilida xakerlar mashina ustidan boshqaruvni qo‘lga olishlariga imkon beruvchi bir qator zaif tomonlarni aniqlashdi.
Mutaxassislar avval mashinaga kirib, Ethernet-tarmoq kabeli orqali unga ulandilar, so‘ngra masofadan turib avtomobilning tizimlarini boshqara oldilar. Ular asboblar ustidan boshqaruvni qo‘lga oldilar, spidometrning ko‘rsatkichlarini o‘zgartira oldilar, yon oynalarni tushirib-ko‘tarib, avtomobilning eshiklarini ochib-yopib qo‘ya oldilar hamda mashinaning elektr ta'minotini o‘chirib qo‘ydilar. Mashinaning elektr ta'minoti o‘chirilgandan keyin mashinaning tormoz tizimi ishga tushib, u to‘xtab qolgan.
Tesla kompaniyasida ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mashinaning dasturiy ta'minotiga qo‘shimcha ishlab chiqilishi va uni 6 avgustdan ko‘chirib olish mumkinligi ta'kidlandi.