11:20 / 07.08.2015
3974

Angry Birds 2 20 mln marta internetdan yuklab olindi

Rovio kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Angry Birds 2 mobil o‘yini taqdimotidan keyingi birinchi hafta davomida 20 mln marta yuklab olindi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy sayti orqali axborot berildi.

Angry Birds 2 AppStore do‘konlarida iPhone va iPad uchun ko‘chiriladigan ilovalar chartlar cho‘qqisini zabt etdi, ham iOS, ham Android uchun eng ko‘p ko‘chiriladigan o‘yinga aylandi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, birinchi versiya 9 oy ichida bunday natijalarni qayd qilgan edi.

Top