20:02 / 07.08.2015
2309

Apple o‘zining asosiy saytiga internet-do‘konini integratsiya qildi

Apple kompaniyasi o‘zining asosiy saytiga internet-do‘konini integratsiya qildi. store.apple.com’ga havola kompaniyaning bosh saytiga avtomatik ravishda yo‘naltiradi.

Endilikda mahsulotlarni xarid qilish interfeysiga mahsulotning izohidan kirish mumkin bo‘ladi. Avval xaridorlar buyurtmani rasmiylashtirish uchun mahsulotlar liniyasiga bag‘ishlangan alohida sahifaga o‘tishlari va ularni qiziqtirayotgan mahsulotni u yerdan boshqatdan qidirishlari kerak edi. Bundan tashqari, xaridlar sahifasining o‘zida qurilmalarning turli modifikatsiyalarini solishtirish imkoni mavjud bo‘lib, optimal yechim tanlash mumkin.

Top