18:17 / 07.08.2015
15000

Misrda yangi Suvaysh kanali ochildi

6 avgust kuni Misr prezidenti Abdulfath as-Sisiy yangi Suvaysh kanalini ochib berdi.

Aytilishicha, ushbu loyiha mavjud kanalning imkoniyatlarini yanada kengaytirib beradi.
Yangi kanal qurilishi 2014 yil avgustida boshlangan edi. Uning qurilishiga besh yil sarflanishi kutilayotgan edi. Ammo Sisiy muddatni uch yilga qisqartirdi. Natijada kanal bir yil ichida o‘tkazildi. Uning qiymati 8.4 mlrd dollarni tashkil qildi.

71.9 km uzunlikka ega kanal ikki seksiyadan iborat: yangi seksiya 35 km ni, eskisi esa 37 km ni tashkil qiladi. Yangi seksiya 1869 yil ochilgan Suvaysh kanali bilan parallel oqimdan boradi. Uning kengligi kemalarga ikki yo‘nalishda yurish imkoniyatini bermas edi. Yangi seksiyada esa bu kamchilik to‘ldirildi – endilikda kemalarning ikki tomonlama harakati shu yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Bu kemalarning to‘xtab turishini 11 soatdan 3 soatga qisqartiradi. Kanaldan o‘tish vaqti ham 18 soatdan 11 soatga qisqaradi. Kanalning o‘tkazish qobiliyati kuniga 49 kemadan 97tagacha ko‘tarilishini kutmoqda.

2023 yilga kelib kanal davlatga yillik 13.2 mlrd dollar daromad keltirishi kutilmoqda. Ayni paytda kanalning yillik daromadi 5.3 mlrd dollarga teng.

Top