10:23 / 07.08.2015
2021

O‘rta Yer dengizida halokatga uchragan muhojirlar kemasi qurbonlari 200 nafarga yaqinlashdi

5 avgust kuni O‘rta Yer dengizida Shimoliy Afrikadan Janubiy Yevropa qirg‘oqlariga qarab yo‘lga chiqqan muhojirlarni tashuvchi kema halokatga uchragandi.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, bu voqea Italiyaning Sitsiliya oroli yaqinida ro‘y bergan.

Palermo shahri merining ma'lum qilishicha, irlandiyalik dengizchilar 370 kishini qutqarib qolishgan, cho‘kib ketganlar esa 200 nafarga yaqin bo‘lishi mumkin.

5 avgust kuni ro‘y bergan bu hodisada aybdor sifatida kema boshqaruvchilari bo‘lgan 5 kishi hibsga olingan.

Top