07:19 / 07.08.2015
6027

O‘zbekiston yo‘l quruvchilari Chorvoq suv omboriga yo‘lni qisqartirishmoqchi

O‘zbekiston yo‘l quruvchilari joriy yilning 4-choragida yangi Toshkent aylanma yo‘linining bir qismi va Chirchiq daryosi ustidan ko‘prik qurishni boshlaydilar.

Bu haqda 12news.uz yangiliklar agentligiga “O‘zavtoyo‘l” AK matbuot kotibi Komiljon Shamsutdinov ma'lum qildi.

“Chorvoq suv omboriga Yik-ota posyolkasidan Chingeldi aholi punkti orqali olib boradigan yo‘l qurilishi bu yo‘nalishda yo‘lni qisqartirishga imkon beradi. Bu loyiha bo‘yicha “Toshkentko‘prik” korxonasi bilan tegishli shartnomalar imzolandi””, deb ta'kidlamoqda Shamsutdinov.

Shamsutdinov loyihaning narxi va uning yakunlanish muddatlari haqida hech qanday ma'lumot bermadi.

Avvalroq 2015 yilning 26 iyulida Chorvoq dam olish zonasidan chiqaverishda katta avtomobil tirbandligi yuzaga kelgani ma'lum qilingandi.

Chorvoq suv ombori bo‘yida ko‘plab pansinoatlar, dam olish zonalari va bolalar yozgi sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari joylashgan. Chorvoq suv ombori atrofida uning sohilida joylashgan aholi punktlarini bog‘lovchi xalqa yo‘li o‘tgan.

Top