11:56 / 07.08.2015
18658

O‘zbekistonda ishlamaydigan shaxslarga pensiya va nafaqa to‘lash tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri buyrug‘i bilan mazkur vazirlik huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, ishlamaydigan shaxslarga pensiya va nafaqalar ularning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi bo‘yicha to‘lanadi. Agarda shaxs faqat vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, pensiya va nafaqa vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishning amal qiladigan muddati mobaynida to‘lanadi. O‘zbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga pensiya yashash guvohnomasi amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi.

Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashi bilan uning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan pensiyani to‘lash vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash pensiya to‘lash to‘xtatilgan, biroq o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddattdan boshlab davom ettiriladi.

Yo‘riqnomada belgilangan to‘lovni «eng kam ish haqining 18foizi miqdorida oluvchilar «eng kam ish haqining 25foizi miqdorida oluvchilar» bilan almashtirildi.

Top