23:43 / 07.08.2015
4311

O‘zbekistonda Muborak gazni qayta ishlash zavodi 170 mln dollarlik modernizatsiya loyihasini boshladi

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi o‘zining Qashqadaryo viloyatidagi sho‘'ba korxonasi bo‘lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida 170 mln dollarlik modernizatsiya ishlarini amalga oshirishni boshladi.
“Kerakli moddiy-texnik zaxiralarni sotib olish uchkn tender e'lon qilingan, loyiha moliyalashtirish uchun ochildi”, deb aytdi zavod vakili.

Uning aytishicha, yil oxirigacha kerakli texnik uskunalarni sotib olish uchun yana bir nechta tender e'lon qilinadi. Loyihada uchta universal blok (19, 20, 21) tarkibida quvvati yiliga 6 mlrd kub metrni tashkil qiladigan gazni oltingugurtdan tozalovchi sakkizinchi navbatni bosqichma-bosqich qurish ko‘zda tutilgan.

Loyiha “O‘zbekneftgaz”ning 80 mln dollarlik shaxsiy mablag‘lari, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasining 50 mln dollarlik hamda o‘zbek banklarining 40 mln dollarlik mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Modernizatsiyalash tabiiy gazni oltingugurt vodorod va nordon gazdan tozalash uchun o‘rnatilgan quvvatlarning ishonchli ishini va tabiiy gazni qayta ishlash hajmini oshirishni ta'minlaydi.

Top