17:30 / 07.08.2015
4866

Qrim tumanlaridan birining hokimi osilgan holda topildi

Qrim Respublikasining Ko‘ktebel ma'muriyati rahbari Rostislav Storojikning jasadi topildi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlamoqda.
“Ayni paytda biror aniq gap aytish qiyin”, – tan oldi agentlikning suhbatdoshi.
Aytilishicha, Storojik bo‘ynidan osilgan holda topilgan. U o‘z joniga qasd qilganmi, yoki uni noma'lum shaxslar osib ketganmi – bu masala hozircha aniqlashtirilmadi. Shunga qaramay, bu o‘z joniga suiqasd bo‘lmasa kerak, degan taxminlar bildirilmoqda.
“U kechagina faol ishlar bilan band edi. Politsiya boshlig‘i bilan yurgan edi va hayot bilan xayrlashayotgan odamga o‘xshamas edi”, – dedi voqea joyida ishlayotgan tartibotchilardan biri.
Qrim prokurori Natalya Poklonskaya ushbu masala bo‘yicha hozircha biror aniq ma'lumot yo‘qligini aytib o‘tdi.

Top