15:23 / 07.08.2015
2169

"Real" de Xeaning transferini keyingi yilga qoldirdi

"Real" jamoasi "Manchester Yunayted"ning ispaniyalik darvozaboni David de Xeani sotib olmaslikka qaror qildi.

As nashri jurnalisti Gilem Balagening aytishicha, "Real" bu darvozabon uchun 25 mln yevrodan ko‘p pul to‘lashni istamagan. "MYu" esa shartnoma muddati yakuniga 1 yil qolgan bu darvozaboni uchun 45 mln yevro so‘ragandi.

Madridliklarning bu qaroriga futbolchini keyingi mavsumda erkin agent sifatida o‘z tarkibiga tekinga qo‘shib olishi mumkinligi sabab bo‘lgan. Qolaversa, jamoada Keylor Navas va Kiko Kasilya kabi mahoratli darvozabonlar ham mavjud.

Jamoa yozgi transferlar vaqtida o‘z futbolchilaridan birontasini qimmat narxga sotmagani ham de Xeaning transferi amalga oshmasligi sabablaridan biri bo‘ldi.

Top