09:41 / 07.08.2015
10849

Samarqand viloyati huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan xalq deputati pora olayotganda qo‘lga olindi

Samarqand viloyati huquq-tartibot muassasalari xodimlari viloyatning yetakchi oliy ta'lim muassasasi dekanini pora olayotganda ushlashga muvaffaq bo‘ldilar.

2015 yilning 27 iyulida 20 ming dollar pora olishda vositachilik qilgan 21 yoshli A.Toshpo‘latov voqea ustida qo‘lga olindi.

Toshpo‘latovning aytishicha u Samarqand davlat universiteti (SamDU) “Tarix va falsafa” fakulteti dekani, qabul komissiyasi a'zosi va Samarqand shahri xalq deputatlari kengashi deputati Shokir G‘afforov tomonidan tashkil etilgan qonunga g‘ilof faoliyatga jalb qilingan. Qo‘lga olingan talaba universitetdan haydalish tahdidi ostida G‘afforovni qo‘lga olishda ko‘mak ko‘rsatishga rozi bo‘ldi.

Huquq-tartibot muassasalari xodimlarining harakatlari natijasida Samarqanddagi avtomobillar yuvish shaxobchalaridan birida 20 ming dollar pulni berish paytida 1958 yilda tug‘ilgan, 1999 yildan beri SamDU “Tarix va falsafa” fakulteti dekani lavozimini egallab kelgan Sh.G‘afforov voqea ustida qo‘lga olindi.

Huquq-tartibot muassasalari versiyasiga ko‘ra, G‘afforov o‘zining mansab vakolatlari va deputatlik daxlsizligi maqomidan foydalanib, abituriyentlardan va ularning yaqinlaridan universitetga o‘qishga kirishda topshiriladigan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishni ta'minlash bo‘yicha tovlamachilik mexanizmini yo‘lga qo‘ygan.

G‘afforov qabul komissiyasida ishlash jarayonida o‘ziga “yaqin” o‘qituvchilar bilan til biriktirgan holda kam ta'minlangan oilalardan chiqqan talabalarni universitetdan haydab yuborish tahdidi yo‘li bilan ularni test sinovlarida “parovozlar” (birovning o‘rniga test sinovlarini ishlab beruvchilar) sifatida ishtirok etishga majburlagan.

G‘afforovning hamkasblarining aytishicha, u mehnat jamoasida o‘zini qo‘pol va takabburona tutgan, o‘zining go‘yoki jazolanmasligini his qilgan holda, muntazam ravishda talabalarning sha'nini toptagan va ularni kamsitgan, ish joyida o‘zini axloqsiz tutgan.

Ushbu holat yuzasidan G‘afforovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (pora olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top