17:58 / 08.08.2015
1557

“Olimpiakos” Kambyassoning transferini e'lon qildi

34 yoshli argentinalik tajribali himoyachi Esteban Kambyasso Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi bilan 1+1 sxemasida shartnoma imzoladi.

Biroz oldinroq, unga Angliyaning "Vest Xem" jamoasi va MLSning bir qator jamoalaridan takliflar mavjudligi xabar qilingan edi.

Angliyaning "Lester" jamoasi bir mavsum to‘p surgan "Inter"ning sobiq futbolchisi himoyachi ampluasida harakat qilib 5ta gol urdi. U yangi mavsum arafasida inglizlar bilan kelishuvini uzaytirmadi va "Olimpiakos" safiga kelib qo‘shilishga qaror qildi.

Top