22:15 / 08.08.2015
2954

Angliyaning Lankashir grafligining vodoprovod suvida xavfli infeksiya topildi

Angliyaning Lankashir grafligi vodoprovod suvida inson hayoti uchun xavfli mikroorganizmlar – kriptosporidiyalar aniqlandi. Shu sababli bu hududdagi yashovchi 300 mingdan ziyodroq aholi kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi United Utilities kompaniyasidan suvni qaynatib ichish haqida ogohlantirish oldi.

“Xavf keyingi haftada ham saqlanib qoladi, shuning uchun suvni qaynatib ichishda davom eting. Biz iste'molchilar bilan kompensatsiya masalasida bog‘lanamiz”, deyilmoqda xabarda.

Kompaniya graflik aholisiga suvni avval qaynatib, keyin uni o‘z ehtiyojlariga, jumladan, ichish, taom tayyorlash va tishni yuvishda foydalanishlarini tavsiya qilmoqda.

Kriptosporidiyalar ovqat hazm qilish va nafas olish tizimiga ziyon yetkazuvchi kriptosporidioz kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Bu kasallik immun tanqisligidan aziyat chekuvchilarga katta xavf soladi.

Top