16:55 / 08.08.2015
2635

Lui van Gal: Hozirgi De Xea - o‘tgan yilgi De Xea emas

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal darvozabon David De Xea Angliya chempionati 1 turida "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushmasligini ma'lum qildi. Murabbiyning aytishicha, "Real"ga o‘tishi bilan bog‘liq muzokaralar darvozabonga o‘z ta'sirini o‘tkazgan.

"Biz mashg‘ulotlari va o‘yinlar vaqtida uni kuzatdik. Hozirgi De Xea - o‘tgan mavsumdagi De Xea emas. U harakat qilmoqda, ammo unga oson bo‘lmayapti. Biz juda muhim o‘yinda maydonga tushishimiz kerak va barcha futbolchilar katta ishtiyoq bilan o‘ynashini istayman. De Xea esa bunday qila olmaydi.

Ha, u o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni va oxirgi uch yilda bizning eng asosiy posbonimiz bo‘lib keldi. Muxlislar qatorasiga ikki yil davomida uni eng yaxshi, deb topdilar.

Men uni ketishini istayman, deb o‘ylaysizmi? Hech bir murabbiy buni istamaydi. Ko‘ramiz, transfer mavsumi yakuniga yetgach balki vaziyat o‘zgarar. Kutib turish lozim. Men ham vaziyat qurboniman. Shuningdek o‘yinchi va klub ham vaziyat qurboni bo‘lib turibdi", - deydi murabbiy.

Manba: Uff.uz 

Top