08:35 / 08.08.2015
4297

Uch yoshli bola AQShdagi shaharchaning meri etib saylandi

AQShning Minnesota shtatidagi aholisi 22 kishidan iborat Dorset shaharchasiga uch yoshli Jyeyms Tafts mer etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Daily Mail” nashri.
Bolakay AQSh tarixidagi eng yosh shahar meri etib saylandi. U bu lavozimda o‘zining 6 yoshli akasining o‘rnini egalladi.

Ma'lum qilinishcha, saylovlar kuni bolakay saylovchilari bilan suhbatlashdi va saylovlarda yutadigan bo‘lsa ularni muzqaymoq bilan mehmon qilishga va'da berdi.
Bolaning onasi o‘g‘li saylovlarda yutib chiqqanda juda hayajonlanganini aytdi. Shuningdek, ayol kelgusida o‘g‘li siyosatchi faoliyatini davom ettirishni istamayotgani, balki baliqchi bo‘lishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

2014 yilda San-Frantsisko shahri meri sifatida bir kunga chixuaxua zotidagi Frid laqabli kuchuk tayinlangan edi. Bu shahardagi hayvonlar uchun boshpanani qo‘llab-quvvatlash tadbiri doirasida yuz bergan.

Top