18:01 / 09.08.2015
2948

Afg‘oniston shimolidagi portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida portlash oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Ash-Sharq al-Avsat” nashri elektron portali ma'lum qildi.

Mahalliy politsiya vakillarining ma'lum qilishicha, portlash 8 avgust kuni viloyatda harakat qiluvchi noqonuniy bandit tuzilmalari a'zolarining uchrashuvi paytida sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida ekstremistik guruhlarning bir necha yetakchilari bor. Politsiyaning qayd etishicha, bu tuzilmalar tarafdorlari o‘z vaqtida ham hukumat kuchlari, ham “Tolibon” harakati guruhlariga qarshi kurashgan.       

Rasmiy hukumat ushbu portlash ortida “Tolibon” guruhi a'zolari turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. 

Top