16:15 / 09.08.2015
4060

Chechenistondagi portlashda desantchi halok bo‘ldi

Chechenistonning Achxoy-Martan tumanida joylashgan tog‘larda sodir etilgan portlash oqibatida 1 nafar desantchi halok bo‘ldi, 2 nafari jarohatlandi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, shanba kuni mudofaa vazirligining desantchi brigadalaridan biri Yandi qishlog‘i yaqinida razvedka olib borayotgan bo‘lgan. Razvedka chog‘ida 82 mm li mina asosida yasalgan qo‘lbola portlovchi uskuna ishga tushib ketgan.
Portlash oqibatida razvedka otryadi komandiri halok bo‘lgan, ikkita jangchi jarohatlangan.

Top