12:29 / 09.08.2015
3681

Chernobil yaqinida yana yong‘in kelib chiqdi

Chernobil AES ta'sir doirasidagi o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in boshlandi. Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmatining sayti orqali ma'lum qilindi.
“Kiyev viloyatining Ivankovsk tumani Zamoste va Kovshilovka qishloqlari hududida quruq o‘tdan yong‘in kelib chiqdi. Olov umumiy maydoni 32 ga bo‘lgan uch alohida hududda davom etmoqda”, – deyiladi xabarnomada.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.

Top