22:41 / 09.08.2015
6935

O‘zbekistonlik kurashchi Elmurod Toshmurodov jahon reytingidagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi

Birlashgan kurash olami (UWW) iyul natijalariga ko‘ra yunon-rum kurashi bo‘yicha jahonning eng kuchli sportchilari reytingini yangiladi. O‘zbekistonning yetakchi kurashchisi, jahon chempionatlarining ikki karra bronza medal sohibi, ikki karra Osiyo chempioni Elmurod Toshmurodov o‘zi ishtirok etadigan 59 kg vazn toifasida reytingda 3-o‘rinini saqlab qoldi.

O‘zbekiston sport kurashi uyushmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu vazn toifasida reytingda 1-o‘rinni rossiyalik kurashchi Mingiyan Semenov, 2-o‘rinni bolgariyalik Ivo Angelov egallamoqda.

Top