19:27 / 09.08.2015
6229

Lavrov IShIDga qarshi kurashda ikki xil standartlardan voz kechishga chaqirdi

Rossiya IShID terrorchi guruhiga qarshi kurashda ikkilamchi standartlardan voz kechish kerak deb hisoblaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi.
“Biz Jon Kerri bilan prezidenti Putinning IShIDga qarshi yagona muvofiqlashtiruvchi ittifoq shakllantirish borasidagi tashabbusini muhokama qildik, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti. – Boshqa barcha vaziyatlarda bo‘lganidek, biz shunchaki ortiqcha yondashuvlarni olib tashlanshni, agarda IShIDning xalifalik yaratish bo‘yicha niyatlari amalga oshimasligini istasak, ikki xil standartlardan voz kechishni, terrorchilarni bir o‘rinda yaxshi, bir o‘rinda yomon deyishdan voz kechishni istaymiz. Agar terrorchilar biror diktatorni ag‘darish uchun harakat qilayotgan bo‘lsa, bunga ko‘z yumish mumkin, ishini qilsin, keyin gaplashamiz. Aynan shunaqa yondashuv bizlarga ma'qul emas”.

Top