10:15 / 09.08.2015
3494

Mourino "Chelsi"ning tibbiy xodimlaridan norozi bo‘lmoqda

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino APLning birinchi turida “Suonsi”ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin jamoa shifokorlaridan norozi bo‘ldi.

“Men jamoamiz shifokorlaridan noroziman. Agar klubning shifokori yoki jamoa zaxira o‘rindig‘ida o‘tiradigan kotibi bo‘lsang ham, o‘yinni tushunishing kerak. Futbolchiga yordam berish uchun maydonga chiqishdan oldin, u haqiqatan ham yordamga muhtoj ekaniga ishonch hosil qilish zarur.
Azarning ahvoli joyida ekaniga ishonchim komil. U zarba qabul qilib olgandi va shunchaki charchagandi. Ammo shifokorlar maydonga tushishi natijasida, men ayni kerak paytida maydonda 8 nafar futbolchi bilan o‘ynab turishimga to‘g‘ri keldi”, - deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Azarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan vaqtdan oldinroq, 52 daqiqadq darvozabon Tibo kurtua qizil kartochka olib maydonni tark etgan, shu zahoti Oskar o‘rniga ikkinchi darvozabon Asmir Begovich tushirilgandi.

Top