08:26 / 09.08.2015
2351

Nyu-Yorkda legionellez kasalligi tarqalishi to‘xtatildi

Oxirgi oylarda Nyu-Yorkda 10 kishi qurboniga aylangan legionellez kasalligi to‘xtatildi, deb xabar bermoqda CBS telekanali. Bu haqda Nyu-York meri Bill de Blazio ma'lum qildi.

“Biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, legionellez avj olishini to‘xtata oldik”, deb aytdi de Blazio hamda bu holat shahar tarixida yuqumli kasallik avj olishining eng yirik holati ekanini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

«Legionerlar kasalligi» yoki legionellez – odatda isitma, o‘pka, asab tizimi va ovqat hazm qilish a'zolarining shikastlanishi bilan kechuvchi kasallik hisoblanadi. Kasallik o‘z nomini AQShda ilk bor qayd qilinganidan keyin olgan. 1976 yil iyunda Filadelfiyada 4 ming kishi har yili o‘tkaziladigan AQSh Legioni s'yezdiga yig‘ilishgan. Tadbir tugagandan keyin s'yezdning bir nechta ishtirokchilari zotiljamga o‘xshash kasallik bilan kasallanishgan. Uch kundan keyin bemorlardan biri o‘lib qolgan. Shifokorlar kasallar turli legionlarda yashaganlari, biroq bir legionning a'zosi bo‘lganlariga e'tibor qaratishgan. Hammasi bo‘lib bu kasallik tarqashi paytida 221 kishi kasallangan, ulardan 34 nafari halok bo‘lgan.   

Top