09:55 / 09.08.2015
2155

"Real" De Xea uchun 25 mln funt taklif qilishda davom etmoqda

"Real" "MYu"ning ispaniyalik darvozaboni David de Xeani transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Biroz oldinroq, jamoa bu futbolchini erkin agent maqomida keyingi yili qabul qilishi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, "MYu" bu 25 yoshli darvozaboni uchun so‘ralayotgan narxni 40 mln funtdan 35 mln funtgacha tushirgan. "Real" esa 25 mln funt berish haqidagi taklifida turibdi.

Qayd etish joizki, APLning ilk turida Lui van Gaal o‘tgan mavsumlarda asosiy darvozabon bo‘lgan de Xeani uchrashuv qaydnomasiga ham kiritmadi.

Qolaversa, "MYu" darvozabonlar tarkibini kuchaytirish maqsadida "Tottenxem"dan Ugo Lorisni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

Top