03:45 / 09.08.2015
3724

Saakashvili Odessa viloyati prokurori o‘zgarganini ma'lum qildi

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Odessa viloyati prokurori o‘zgarganini ma'lum qildi, deb siyosatchining “5 kanal”dagi chiqishiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda “Rosbalt Ukraina” axborot agentligi.  

Saakashvili avgust oyining oxirigacha viloyatdagi barcha tuman davlat ma'muriyatlariga yangi rahbarlar tayinlanishini ma'lum qildi. Saakashvili Odessa viloyatidagi barcha muhim lavozimlarga “yosh va iste'dodli odamlarni” jalb qilish kerakligini, chunki aynan shu holat islohotlar o‘tkazishga yordam berishini ta'kidlab o‘tdi.

Top