19:05 / 09.08.2015
6321

Termiz aeroportidan Hayraton ko‘prigigacha bo‘lgan yo‘l rekonstruksiyasi tugallandi

Surxondaryo viloyatida “Termiz xalqaro aeroporti-Hayraton ko‘prigi” avtomobil yo‘lining shimoliy yo‘nalishi rekonstruksiya qilindi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.
Qurilish ishlarini Denov ta'mirlash-pudrat yo‘l korxonasi ishchilari amalga oshirmoqda. Loyiha qiymati 10.3 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bundan tashqari, mintaqada xalqaro ahamiyatga ega 351 km, respublika miqyosidagi 990 km, mahalliy ahamiyatga ega 1 500 km yo‘l qurilmoqda. Joriy yilda viloyat yo‘llarida 24.7 mlrd so‘mlik ta'mirlash va pudrat ishlari amalga oshirildi.

Top