21:44 / 10.08.2015
8801

14 yoshli o‘smir o‘qituvchisini o‘ldirgani uchun 11 yilga qamaldi

Angliyada 14 yoshli o‘smir o‘qituvchisini o‘ldirgani uchun 11 yilga qamaldi. Uning nomi tergov bilan bog‘liq cheklovlar bois tilga olinmayapti.
Bredford shahrida istiqomat qiluvchi o‘smir o‘qituvchisi Vinsent Uzomaga uning boshqa irqqa mansubligi tufayli hujum qilganligini tan oldi. Aytilishicha, hujum uyushtirilgach 20 daqiqa o‘tib, bola bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozuv qoldirgan.
“Bolaning qilgan ishi dahshatli, – dedi Bredford qirollik sudi sudyasi Jonatan Darem Xoll. – U 50 yoshli insonni qasddan pichoqladi”.
O‘smir 6 yil muddatni koloniyada o‘taydi, so‘ng 5 yil nazorat ostida yuradi.

Top